Bugun O‘zbekiston Respublikasida partiyalarning siyosiy rolini oshirish, ularning parlamentdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Parlamentda o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lgan, O‘zbekistonda milliy o‘zlikni asrash va asl tariximizni tiklashdek ulug‘ maqsadni o‘zining dasturiga kiritgan partiya “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir.
Partiyaning nomi ulug‘ bo‘lgani bilan uning yuzi bo‘lgan vakili, Qonunchilik palatasi deputati xalqni aldasa, yillar davomida misqollab yig‘ilgan obro‘, kunjutdek ishonchning yanada yo‘qolishiga olib keladi.
Aldasa ishontirib aldasin, lekin so‘zining oxirida ko‘zini qismasin.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Dilfuza Jalilova “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvidagi ishtirokidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda mashhur insonga aylandi.
U deputatga xos bo‘lmagan harakati bilan ommaning salbiy fikriga sabab bo‘ldi. Efir vaqtidagi harakati ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Siyosiy sharhlovchi Quddus A’zamning “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatiladigan “Munosabat” ko‘rsatuviga “Adolat” va “Milliy tiklanish” partiyalari vakillari taklif etilgan bo‘lib, bevosita muloqot chog‘ida Vobkent tumanidagi Chashmai Ayyub maqbarasi “fasad” qismidagi “plitka” O‘zbekistondan o‘g‘irlab olib chiqib ketilgani masalasida tortishuv yuzaga keldi.
Auditoriyadagilar tarixiy yodgorlik bo‘lagini O‘zbekistonga qaytarilishida hech qanday ish olib bormaganliklari va bu masalada Qonunchilik palatasi deputatlari, Buxoro viloyati xalq deputatlari kengashi “og‘ziga talqon solgan”liklarini va partiyalarni jamiyatda roli yo‘qligini aytib o‘tishgan.
E’tirozga javoban deputat Dilfuza Jalilova “Bor, bor, bor rolimiz” deya javob qaytargan va partiyadoshi tomon burilib, ko‘z qisib qo‘ygan.
O‘rtoq deputat, bu imo Sizning butun xalqqa nisbatan behurmatligingiz belgisimi?
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»