19:07 / 12.08.2017
3 556

O‘sh shahar meri: Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi!

O‘sh shahar meri: Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi!
Qirig‘iziston Respublikasining O‘sh shahar meri rahbarligidagi delegasiya Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Qo‘shni qirg‘izistonlik mehmonlar dastlab Xo‘jaobod tumanida foydalanishga topshirilgan “Toshkent vino kombinati” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdilar.

Undan so‘ng, delegasiya a’zolari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Navigul” qo‘shma korxonasi hamkorligidagi “FRIUT INDUSTRIES” qo‘shma korxonasida bo‘ldilar.

— Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi, — dedi O‘sh shahar meri Ayshmamat Qadirbaev o‘z nutqida. — Bizni urf-odatlarimiz, tilimiz, dinimiz, hatto qabristonlarimiz ham bir. Bundan keyingi do‘stona munosabatlarimiz yanada rivojlanib boraveradi. Buning uchun davlatlarimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiramiz.

Mehmonlar “Andijonavtotexxizmat” avtosaloni, Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 13-umumta’lim maktabida ham bo‘ldilar. Shuningdek, Andijon shahri M.Musaev ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va xizmat ko‘rsatish shahobchalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

Bu kabi uchrashuvlar azaldan yaqin qo‘shni sifatida tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘sh shahar meri: Ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi!