
O‘tgan hafta internetda pandalarning eng bo‘sanaqay yiqilishlari ko‘rsatilgan video paydo bo‘ldi, deb yozadi Kun nashri.
Videoda bu ajoyib ayiqlar yiqilishlarining eng kulgili va aql bovar qilmas holatlari ko‘rsatilgan.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi foydalanuvchilar videoni ko‘rgach, bu jonzotlar umuman qanday qilib tabiatda yashab keta olishganidan taajjub bildirishgan.
Videoda pandalar daraxtlar, zinapoyalar, narvonlar, ko‘priklardan yiqilayotganlarida juda kulgili ko‘rinadilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar