7 264
Toshkentdagi bozorlarga o‘rnatilgan bankomatlar plastikdagi pulni naqdlashtirib bera boshladi (Foto)
Bugun, 14 avgustdan boshlab Toshkent shahrining Oloy, Yunusobod va Quyliq bozorlarida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar ishlay boshladi.
Har bir bozorda bittadan bankomat o‘rnatilgan. Soat 9:00 da «Xalq banki» xodimi Oloy bozoridagi bankomatni «ishga tushirdi». Bankomat uchun maxsus konteynerlarda pullar keltirildi. Bank xodimi qurilmani dasturlaganidan so‘ng, ilk foydalanuvchi bankomat orqali pullarini naqdlashtirib olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi "Uz24.uz".Jarayon 1,5–2 daqiqa davom etadi.
Har bir kartadan komissiyasiz 100 ming so‘mgacha pulni echib olish mumkin. Mablag‘ 1 000 so‘m, 5 000 so‘m, 10 000 so‘mgacha bo‘lgan kupyuralarda beriladi.
Bankomat istalgan bankka tegishli, Uzcard tizimiga ulangan plastik kartani qabul qiladi.
«Bankomat soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Bir kun davomida o‘rtacha 200–300 kishi pullarini naqdlashtirib olishi mumkin bo‘ladi», — deydi Milliy bankning Yunusobod filiali plastik kartalar bo‘limi xodimi G‘ayratjon Xudoyarov.
Bir kishi bir nechta kartalardan 100 ming so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni naqdlashtirish imkoniga ega, — qo‘shimcha qildi u.
«Xalq banki» shuningdek, bankomatlarni aholi gavjum joylarda ham o‘rnatishni rejalashtirmoqda, ular 24 soat davomida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi