Avvalroq, 2017 yil 14 avgustdan 15 avgustga o‘tar kechasi, taxminan kechki soat 01:00 da Qarshi shahridagi avtomobillarga gaz qo‘yish shahobchasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, Qarshi-Beshkent yo‘lida “O‘ztransgaz” AKga qarashli avtoturargohdagi gaz tashish avtomobilida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli mashina portlab ketgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Qarshi-Bishkent yo‘lining 5-kilometrida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida viloyat yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar kelib tushgan. Yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O‘ztransgaz” AK “Janubgaz ta’minot” UKga qarashli avtoturargohda suyultirilgan (propan) gaz tashishga mo‘ljallangan “MAN” rusumli avtomobildan “Zil-441510” rusumli avtomobilga gazni o‘tkazayotgan vaqtida gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida sodir bo‘lgan.
“Zil-441510” rusumli avtomobil haydovchisi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga joylashtirildi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...