Dunyo mamlakatlarida antiqa va bejirim ko‘rinishi bilan ommalashgan bir necha pul belgilari bor. Ayni vaqtda hammamiz uchun odatiydek ko‘ringan pul kupyuralari bir necha o‘n yillardan keyin kamyob pullar ro‘yxatiga kirsa, ajab emas.
Dunyoning bir necha noodatiy pul birliklarini e’tiboringizga havola etamiz.
AQSh dollarining cheklangan holatda foydalanishga chiqarilgan turi:
AQSh dollari aslida dunyoda eng keng tarqalgan pul birligi hisobalanadi. Ertak qahramonlari bo‘lgan Mikki Maus, Gufi, Oppog‘oy, Suv parisi va “Disney” kompaniyasining boshqa multfilm personajlari aks etgan dollarni ko‘rganmisiz? Bu pul birliklari haqiqiy pul sifatida muomalaga kiritilgan. U Disney dollari deb nom olgan. Bir jihati, bu kupyuralar “Disney” bog‘larida amal qiladi.
Evro tangalar:
Evro tangalarning animasion turdagi nusxasi yo‘q, ammo ularning qimmat turi mavjud. Germaniya Federativ Respublikasining birlashuviga 25 yil to‘lishi munosabati bilan 25 evrolik tanga 2015 yil 1 oktyabrdan muomalaga kiritilgan. Evropada ma’lum sana yuzasidan tanga chiqarish keng tarqalgan, ammo bunday tangalarning qiymati odatda 2 evrodan oshmagan.
Xatolik bilan zarb qilingan tanga:
Chili pesolari kolleksiyasi xatolik bilan vujudga kelgan. 2008 yilda hukumat 50 pesolik tangalarni muomalaga chiqardi. Ammo unda mamlakat nomi – CHILE so‘zi o‘rniga CHIIE yozilgan edi. Bu tangalar 1 yildan ortiq vaqt davomida muomalada bo‘lgan. Shundan keyingina undagi xatolik aniqlangan. Albatta, tanga saroy rahbari ishdan olingan.
Maldiv rufiyasi:
Bu pul belgisi eng chiroyli kupyuralardan biridir. Undagi kema, dengiz faunasi va florasi va mahalliy aholining hayot tarzi tasviri akvarel suratlarni eslatadi. Bu pullar ko‘proq banknotaga emas, otkritkaga o‘xshaydi.
Qozog‘iston tangasi:
Qozog‘istonning 5000 nominalga teng kupyurasi 2012 yilning eng yaxshi banknotasi, deb topilgan. Unda Qozog‘istonning mustaqillik ramzi tasvirlangan. 2015 yilda 10 000 qiymatga ega banknota chiqarildi. Leopard tasviri tushirilgan kupyura eng chiroyli pul belgilari qatoriga kirgan.
Rossiya rubli:
Sochidagi Olimpiada munosabati bilan chiqarilgan 100 rubllik banknotalar hozirda faqat kolleksionerlar qo‘lida qolgan. Joriy yil kuzda 200 va 2000 rubllik hamda Sevastopol va Uzoq Sharq ramzi tushirilgan yangi banknotalar muomalaga chiqariladi. 2018 yilda esa futbol bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan yangi ko‘rinishdagi 100 rubllik pul muomalaga chiqariladi. Ular plastikdan tayyorlanishi kutilmoqda. Hozircha kupyuraning dizayni tasdiqlanmagan.
Dunyoning chiroyli banknotalari qatoriga shuningdek, Malayziya banknotasi, Tanzaniya puli, Indoneziya rupiyasi, Kanada dollari, Misr funti, BAA dirxami kiritilgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...