Dunyo shaharlaridagi turmush darajasini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan Economist Intellgience Unit tashkiloti mutaxassislari dunyo shaharlarining har yillik yashash uchun maqbullik reytingini tuzib chiqishdi.
Dunyoning 140 ta shahri o‘rin olgan reyting shaharlardagi tinchlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ekologiya va infratuzilma darajasini 100 ballik tizimda baholab, o‘rtacha qiymati bo‘yicha tuzilgan. Dunyo shaharlaridan hech biri to‘liq ideal shahar maqomiga loyiq ko‘rilmagan.
Ushbu ro‘yxatda Avstraliyaning Melburn shahri ketma-ket ettinchi marta birinchi o‘rinni egallagan. Melburinga 100 ballik baholash tizimida 97,5 ball berilgan. Avstriya poytaxti Vena shahri ikkinchi o‘ringa (97,4 ball) munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Kanadaning Vankuver shahri kuchli uchlikka kirishga muvaffaq bo‘lgan (97,3 ball). Suriya poytaxti Damashq shahri yashash uchun eng yomon shahar deb topilgan (29,3 ball).
Toshkent shahriga mazkur reytingda 140 shahar orasida 123 o‘rin nasib etgan. O‘zbekiston poytaxtidagi turmush darajasi yuz ballik tizimda 54,6 ballga loyiq ko‘rilgan. Qayd etish joizki, Toshkentdagi ta’lim darajasi 75 ballga baholangan.
Toshkent shahri Osiyoda 31, Sobiq Ittifoq shaharlari orasida esa Sankt-Peterburg (77 o‘rin), Moskva (81 o‘rin), Olma-Ota (100 o‘rin) va Bokudan (103 o‘rin) keyin 5 o‘rinni egallagan.
Honolulu shahri AQShdagi eng yaxshi shahar deb topilgan (19 o‘rin). Umumiy ro‘yxatda Berlin 20, Parij 29, Barselona 31, Vashington 32, Madrid 38, Rim 44, London 53, Nyu-York 55 av Istanbul 113 o‘rinlarda qayd etilgan.
Avvalroq e’lon qilingan bosha bir reytingda ham Toshkent dunyoning eng yomon shaharlari qatoridan joy olgan edi. Amerikadagi Mercer konsalting firmasi dunyodagi 231 ta shahar orasida Toshkentni 205 o‘ringa loyiq ko‘rgan.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas