Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatining turli hududlarida bezorilik va o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyatlar yuz bergan. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar berdi.
Jinoyatchilik profilaktikasi kuni doirasida hududlarda hokimlik, prokuratura, ichki ishlar idorasi va jamoatchilik vakillaridan iborat guruhlar tuzilib, aholi tomonidan bildirilayotgan muammolarni joyida hal etishga harakat qilinmoqda.
Turli tadbir va choralar ko‘rilayotgan bo‘lsada o‘zga shaxslarning mol-mulkiga tahdid qilish va uni o‘g‘irlash bilan bog‘liq holatlar uchramoqda. Buni videotasvirlardagi holatlarda guvoh bo‘lish mumkin.
Jumladan, Toshkent shahrining Yunusobod tumani Bodomzor masjidi oldida joylashgan avtoturargohda shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Mirtohir Miryunusovga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtomobilini noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan ochib, old o‘rindiq tagidagi buyumlarni olayotgan vaqtda qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Har bir holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar