Toshkent viloyatining Chinoz tumanida viloyat IIB va Chinoz tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy xabariga iqtibos keltirgan holda Qalampir nashri ma’lum qildi.
Tadbir davomida “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya.ning uyi tekshirilganida, uning hovlisidagi uzum so‘risida quritib qo‘yilgan 3 kilogramm 690 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi