09:15 / 24.08.2017
5 826

Qo‘shtepadagi poliklinikalardagi shifokorlar qani?

Qo‘shtepadagi poliklinikalardagi shifokorlar qani?
Farg‘ona viloyatining ayrim shahar va tumanlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘ngildagidek emas. Ba’zi joylarda malakali mutaxassislar etishmaydi. Zamonaviy tibbiy jihozlar bilan etarli darajada ta’minlanmagan. Bu haqda O‘zA agentligi xabar bergan.

Jumladan, Qo‘shtepa tumani “Barot” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 88-qishloq oilaviy poliklinikasida hududni obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Xonalar ta’mirga muhtoj. Soat o‘n ikki bo‘lishiga qaramasdan, faqat bir nafargina umumamaliyot shifokori ishga kelgan.

Mazkur oilaviy poliklinika 19 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tor soha mutaxassislarining navbatchiligi bo‘yicha jadval tasdiqlangan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida aholiga xizmat ko‘rsatishi nazoratga olinmagan. Tibbiy jihozlar etarli emas, EKG apparati umuman ishlamaydi. Ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan.

“Garmdon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tez tibbiy yordam stansiyasi filialida esa kunduzgi smenada birorta ham oliy ma’lumotli shifokor ishlamaydi, bo‘ladigan barcha chaqiruvlarga faqat hamshiralar chiqadi, xolos.

Shomirza qishlog‘idagi “O‘zbekiston” qishloq vrachlik punkti negizida shifokorlar uyini tashkil etish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan xonalar sanitariya talablariga javob bermaydi.

Ta’kidlash joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari tibbiyot sohasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida tibbiy xizmat sifati tanqidiy baholanib, bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniq belgilab berilgan edi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shtepadagi poliklinikalardagi shifokorlar qani?