O‘zbekiston hukumati 2017 yilgi mavsumda balog‘at yoshiga etmagan yoshlarni, shuningdek, Sog‘liqni saqlash sohasi va ta’lim sohasi xodimlarini paxta terimiga jalb etishni taqiqladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, 15 avgust kuni vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin
Muhitdinov AQShning xalqaro munosabatlari bo‘yicha Senat qo‘mitasi delegasiyasi bilan uchrashuv vaqtida Vazirlar Mahkamasi 8 avgust kuni shu haqda qaror qabul qilgani haqida ma’lum qilgan.
Erkin Muhitdinov umummilliy axborot kampaniyasi sharofati bilan jamoatchilik endilikda taqiqlangan mehnat munosabatlari amaliyotlari to‘g‘risida yaxshiroq xabardor qilinmoqda.
Uchrashuvda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, O‘zbekistonda odam savdosi profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda mehnat migrasiyasi sohasidagi qayta o‘zgarishlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekistonda paxta terimi mavsumi sentyabr-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qayd etish kerakki, oldingi yillarda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va shifokorlar paxta terimiga jalb etib kelingan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi