15:03 / 24.08.2017
5 035

O‘zbekiston ob-havosiga "bosh-qosh" lavozimidan chetlatildi

O‘zbekiston ob-havosiga "bosh-qosh" lavozimidan chetlatildi
Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda FVV rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan, Viktor Chub nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori lavozimidan ozod qilindi.

Ma’lumot uchun, O‘zgidromet bosh direktori, geografiya fanlari doktori, professor, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili, BMTning kurg‘okchilikka qarshi kurash Konvensiyasi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT Konvensiyasining milliy koordinatori, YuNESKO milliy xay’at raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Viktor Chub 1945 yil 10 mayda Turkmanistonning Mari shahrida tug‘ilgan. 1967 yil Toshkent Davlat Universitetini muhandis-gidrolog mutaxassisligi bo‘yicha tugallagan.

2004 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) Bosh direktori, gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish instituti (GMITI) direktori sifatida faoliyat olib borgan.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston ob-havosiga "bosh-qosh" lavozimidan chetlatildi