Assalomu alaykum! Qimmatli vaqtingizni ayamay men bilan g‘oyibona suhbatga kirishganingiz uchun tashakkur! O‘ylaymanki, suhbatimiz — yo‘qotilgan vaqtimizni xayrli va manfaatli qiladi…
Dunyoda bo‘layotgan jarayonlarni kuzata turib, bir fikr uyqu bermaydi. Nega odamlar kundan — kun vahshiylashib boryapti?! Nima yetishmaydi ularga?! Yaratganimiz biz insonlarning farovon hayot kechirishimiz uchun bir go‘zal hilqatni, yerni taqdim etgan bo‘lsa, unda biz insonlar yashashimiz uchun barcha ne’matlar bisyor bo‘lsa, bizga nima yetishmaydi? Ayting nima? Bir parcha qog‘oz yoki bir parcha temirdan yasalgan qutimi?
Suhbatimiz boshidayoq qo‘pol munosabatda bo‘lgan bo‘lsam, uzr!
Suhbatni bu tarzda avj olib ketishiga yagona sabab bor. U ham bo‘lsa begunoh, yosh go‘daklar va mehribon onajon-u, g‘amxo‘r otajonlarning besabab qurbon bo‘lishlari! Bugungi kunda toboro avj olib borayotgan har xil “urush o‘yinlari” hali ham davom etmoqda. Masalani nima haqda ketayotganini tushundingiz nazarimda. Bu razil harakatlarga qachon barham beriladi? Qonli yurishlar qachon tugatiladi? Nafsini quliga aylangan manqurtlarni rejalari qachongacha bajariladi? Bu kabi savollarni siz ham o‘zingizga berib ko‘ring-chi, ko‘zingizga uyqu kelarmikan?!
To‘g‘ri, biz Xudoni nazari tushgan, hur O‘zbekistonda yashayapmiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo! Ammo, butun dunyo havas bilan nazar tashlab turgan mana shunday jannatmonand yurtdan ham urushning ahmoqona mashmashalariga aralashayotgan ayrim manqurtlarning borligi bizga uyqu bermaydi… Ular nimaning va qanday safsatalarning evaziga u tomonlarga safar qilishyapti? Bunga ularni nima majbur qilyapti? Ayting, do‘stim! Nima sababdan yoninigizdagi qo‘shningiz muqaddas oilasini, mehribon ota-onalarini tashlab ketdi? Nega singlingiz, akangiz, ukangiz, yaqiningiz, vatandoshingiz, qardoshingiz sizdan yuz o‘girib urush maydoni tomon otlandi? Nega?
“Ular mening yaqinim emas” deysizmi? Bunday deyishga haqqingiz yo‘q, u Sizning yaqiningiz! Bir Vatanda yashar ekansiz, u sizning yaqiningiz, kerak bo‘lsa jigaringizning bir bo‘lagi! Shunday ekan, nega o‘z jigaringiz taqdirini e’tiborsiz qoldirdingiz? Bugun qo‘shninigiz, ertaga mahalladoshingiz, indin boshqalari sekin – sekin ergashib boraversayu siz e’tiborsizgina, go‘yo ko‘rmagan inson rolini mahorat bilan o‘ynayotgan aktyor kabi befarq bo‘lib tursangiz?! Qachongacha?!
Har kuni ming-minglar begunoh bolalar qurbon bo‘lib, urush maydoni go‘daklar nolasi bilan to‘lib ketdi… Ming-minglab onajonlar fig‘oni, urush maydonini “bazm” ga aylantirmoqda… Nahotki shular haqida bir mulohaza qilib ko‘rmasangiz?! Qalbidagi iymonini moddiyatga almashtirgan ba’zi kishilarning yovuz niyatli rejalarini bajarayotganlar siz va biz kabi oddiy odamlar, faqatgina ularning ma’naviyati jaholat suvlari bilan sug‘orilgan, xolos! Ana shunday jaholat suvlari bizning ma’naviy olamimizga sizib kirmasligi uchun ham ruhan, ham jismonan e’tiborda bo‘lishimiz kerak emasmi?! Bunga qo‘shimcha qilib, yoshlar hayotiga e’tiborli bo‘lish lozimligini bot-bot yodga olib, unga qarshi kurashishimiz kerak emasmi?! O‘tmishi va kelajagi buyuk bo‘lgan yurtimizdan ayrim vatandoshlarimizning ajal maydoniga qarab otlanishi juda og‘ir holat emasmi?! Yo‘q! Bunga shunchaki qarab turish sizning, bizning, millatimizning qonida bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham!
Bu bilan urush bo‘layotgan o‘lkalarga borib, bo‘layotgan notinchliklarga barham bering demoqchi emasman. Men aytmoqchi bo‘lgan yagona istak, o‘z yaqinlaringiz taqdiriga, o‘z Vataningiz taqdiriga befarq bo‘lmang! Yurt tinchligi ko‘ngil hotirjamligi ekanligini, qolaversa, tinchlikning shunchaki osmondan tushib qolmaganligini ham juda yaxshi bilasiz. Shunday ekan, uni muhofaza qilish, shu yurtga jon fido qilish har birimizning asosiy vazifamiz! Men xohlardim, har kun tongda turib, birinchi qiladigan yumushimiz, shu Vatanga manfaatli nimadir qilish kerak ekanligini… Agar hech narsa qo‘limizdan kelmasa, hech bo‘lmaganda zararimiz tegmasa ham shuni o‘zi shu yurtga qilgan eng katta xizmatimiz ekanligini doimo his qilib yashasak! Qani edi…
Agar ortiqcha hissiyotlarga berilib ketgan bo‘lsam, uzr. Bu shunchaki balandparvoz gaplar emas, bu qalbni tirnayotgan insoniyat taqdiri…Millatimiz taqdiri… Dunyo taqdiri…
Tasavvur qiling, dunyoyimiz tinch, hamma xursand… Bolakaylarning sho‘x-shodon kulishlari, onalarning tundagi yangrayotgan sokin allalari… Bir tasavvur qiling-ga! Juda yoqimli! Tinchlik- totuvlikka nima yetsin! Endi, tobora qora zulmat qoplayotgan urush maydonlarini ko‘z oldingizga keltirib ko‘ring, juda ayanchli, shunday emasmi?!
Yaqinda, mashinada ketayotib bir Afg‘onistondan kelgan, yurtimiz mehmoni bilan suhbatda bo‘ldim. U kishining aytishicha, tongda turib biror joyga ketoyotgan bo‘lsa, butun oila a’zolari bilan xayrlashib, “ ko‘risholmay qolsak, bolalarni ehtiyot qil” deb chiqib ketishar ekan. Ya’niki, shu chiqishda uning kelishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu nimadan?! Bu, yurtida tinimsiz o‘qlar parvoz qilib yurishi-yu, tanklarning vahimali otishmalaridan! Yuqorida keltirilgan hayotiy bir misolning o‘zidayoq, urushning naqadar yovuz ekanligini tushunib olishimiz mumkin.
Biz ham bir vaqtlar kimlarning, qanday insonlar qo‘liga qarab hayot kechirardik. Bir eslab ko‘ringchi. Ayanchli xotirlar tarixga aylandi. Endi u davrlarda ortda qoldi. Biz buyuk ne’mat-mustaqillik, hurlikka erishdik. Biz endi erkinmiz! Endi bizning oldimizda bir vazifa turibdi, u ham bo‘lsa yurt tinchligini asrash-avaylash, unga gard yuqtirmaslik.
Aziz do‘stim! Keling, shu bugundan boshlab go‘zal O‘zbekistonimiz uchun har kuni bir manfaatli ish qilamiz. Keling, kunlik rejamizning bosh bo‘giniga “bugun Vatanim ravnaqi uchun bir foydali ish qilaman” deb yozib qo‘yamiz. O‘shandagina mana shu Vatan haqqini oz bo‘lsada oqlagan bo‘lamiz. Keling, e’tiborsiz bo‘lmaylik!
Sirojiddin Muhammad O‘sar
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...