Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratning «Hadis va hayot» kitobida keltirilgan bir voqea e’tiborimni tortdi.
Misrda uyushtirilgan ot poygasida qibtiy yigit Misr voliysi Amr ibn Oss roziyallohu anhuning o‘g‘lidan o‘zib ketadi. Shunda Amrning o‘g‘li qibtiy yigitni: «Hali sen xojangning o‘g‘lidan o‘tib ketadigan bo‘ldingmi?!» deb bir qamchi uradi.
Qibtiy yigitning otasi Madinaga borib, xalifa Hazrati Umarga arz qiladi. U kishi Amr ibn Ossni chaqirtiradilar. U yetib keladi. Katta majlisda unga deydilar:
– Ey Amr, qachondan beri onalari hur tuqqan kishilarni qul deydigan bo‘lib qoldilaring?
Hazrati Umar qibtiyga qamchini berib, buyuradilar:
– Xojangning o‘g‘lini yaxshilab savala!
Qibtiy shu yerda iymonga keladi va haqqidan – Amr ibn Ossning o‘g‘lini urishdan voz kechadi. Hazrati Umar unga deydi:
– Allohga qasamki, agar urganingda, o‘zing to‘xtamaguningcha seni hech kim to‘xtatmasdi.
Bu yerdagi ajablanarli narsa ulug‘ sahobiy, shavkatli lashkarboshi Amr ibn Ossning itoatliligi ham, buyuk xalifa Hazrati Umarning odil hukmlari ham emas, balki g‘ayridiyn kishining bir og‘iz so‘z uchun Misrdan Madinaga arzga borganidir. Agar Islomning adolatidan, hurriyatparvarligidan umidvor bo‘lmaganida, u bunday qilmas edi.
Ha, Islom o‘n besh asr ilgari ana shunday olamshumul ishni amalga oshirgan edi. Afsuski, bu ma’nolarni nafaqat boshqa xalqlar, balki musulmonman deb yurgan kishilarning ko‘pchiligi ham bilmaydilar.
Shayx Hazratning yozganlarini o‘qib, ayni kunlarda yurtimizda bo‘lib turgan adolatli ishlarni mushohada qildim. Prezident portali ochilganidan beri BIR MILLIONdan ortiq kishi o‘z arzi bilan murojaat qilibdi. Aksariyati ijobiy hal qilinib, qolgani o‘rganilayapti ekan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda kishilar bilan qilayotgan muloqotlarida, yig‘ilishlarda xalq bilan muloqotga katta e’tibor berishlari, haqiqiy el dardini aytayotgan yurt qayg‘usidagi kishilardan minnatdor bo‘layotganlari elda shunday bir ulug‘ ishonchni paydo qildiki, odamlar endi o‘z arzini qo‘rqmay, hayiqmay, eng muhimi, hal etilishiga ishonib, shaxsan Prezidentga aytayaptilar.
Ana shu ishonch Shayx Hazratimiz ta’biri bilan aytsak, “ajablanarli narsa”dir. Ana shu ishonch kishilarda ko‘tarinki kayfiyatni paydo qiladi, ishlaridan unum bo‘ladi va azaldan mehnatsevar xalqimiz bundan ham shijoatliroq mehnat qilib, insha Alloh, yurtimizni bo‘stonga aylantirib yuboradi.
“Erkin so‘z bo‘g‘ilar ekan”, “Jonli muloqotlar to‘xtatilar ekan”, “Endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatuvlar”, “Xalqaro press-klub faoliyati to‘xtatilar ekan”, degan mish-mishlar esa, xalq ko‘nglida paydo bo‘lgan ishonchning tomiriga bolta uradi. Erkinlik shamoliga ko‘ksini tuta boshlagan odamlar yana xavotirga, shubhaga tushib, mavhum bir kayfiyatda qoladi. Ammo bu mish-mishlar asossiz ekani tez orada isbotini topadi.
Insha Alloh, xalqimizning ko‘nglidagi ishonch so‘nmaydi!
Umid qilamizki, xalqimizning ishonchi aldanmaydi!
Xalqning ko‘nglidagi ishonchi abadiy bo‘lsin!
To‘ra Murod
Manba: Fayzbog.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...