2-lavha. O‘zbek xalqining qadimgi yozuvlari va mahalliy xalq haqidagi ilk yozma manbalar
Xalqimiz va davlatchiligimizga oid ilk yozma manbalar — zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”, Behistun yozuvlari va qadimgi dunyo (yunon-rim) tarixchilarining asarlarida o‘lkamizda yashagan qadimgi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va ko‘llarning, afsonaviy qahramonlar va podsholarning ismlari, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
O‘zbekistonda tillarning rivojlanishi bir necha ming yillar bilan bog‘lanadi. Yozma manbalarga ko‘ra yurtimizdagi eng qadimgi mahalliy tillar: turkiy, fors, arab va eski o‘zbek tillari rivoj topgan. Ular ish yuritish va ma’muriy, adabiy va xalqaro, mahalliy qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan.
O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy yozma madaniyati tarixining yoshi 2300–2700 yillar atrofida. Mil. avv. birinchi mingyillik o‘rtalari oromiy yozuvi keng tarqalgan edi. Ana shu yozuv zaminida keyinchalik xorazm, baxtar, sug‘d, parfiyon yozuvlari shakllandi. O‘rta Osiyoga Makedoniyalik Aleksandr qo‘shini bilan yunon yozuvi ham kirib keldi.
O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi yozuvi — bu mil. avv. V–IV asrlarga tegishli xumning sirtida tasvirlangan qadimgi xorazm tilidagi qisqa yozuvdir. U Oybuyirqal’a shahar xarobasidan topilgan. O‘sha yerdan topilgan mil. avv. IV–III asrlarga oid yana bir yozuvda “asparak”, ya’ni “otliq”, “chavandoz” so‘zi bor.
Qadimgi Xorazm yozuvi — oromiy alifbosiga asoslangan. Keyinchalik oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asoslangan baqtriya yozuvi rivojlangan. Milodiy I–IV asrlardan boshlab sug‘d yozuvlari keng tarqalgan.
Sak tilidagi eng qadimgi manba Olmaota atrofidagi Issiq qo‘rg‘ondan topilgan kumush idishdagi yozuvdir. U mil. avv. V asrga tegishlidir.
Navbat yozma manbalarga. Ularda qadimdan O‘zbekiston va uning atrofidagi hududlarda yashagan xalqlar haqida bitiklar bor…
- “Avesto”da qayd etilgan qadimgi xalqlarning dastlabki vatani — Sirdaryo va Amudaryo etaklari hamda Zarafshon vodiysi bo‘lgan.
- Behistun yozuvlari — Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinidagi Behistun qoyalarida joylashgan bo‘lib, u fors shohi Dor I buyrug‘iga ko‘ra uch tilda: qadimgi fors, elam va bobil tillarida yozilgan g‘alaba yodgorligidir. Unda mil. avv. 523–522 yillari ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan Gaumata, Frada, Skunxa boshliq xalq harakatlari hamda Doro I zabt etgan Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona, Baqtriya va sak qabilalari haqida yozilgan.
- Yunon tarixchisi Arrian Flaviyning (mil. II asr) “Iskandarning harbiy yurishlari” asarida Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta osiyo xalqlari ustiga qilgan istilochilik yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
- Mil. avv. V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, 9 ta kitobdan iborat “Tarix” asarini yozdi. Bu asarda Gerodot O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari, ularning turmushi, urf-odatlari hamda qo‘shni mamlakatlar haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
- Mil. avv. II asr oxiri–I asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Szyangning “Tarixiy yilnomalar” nomli asarida O‘zbekistonning qadimgi aholisi va davlatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
- Yunon tarixchisi va geografi Strabon (mil. avv. I asr oxirlari) “Geografiya” nomli asarida ko‘plab mamlakatlar, jumladan osiyo xalqlari madaniyati va tarixiy voqealari haqida ma’lumotlar keltiradi.
- Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf o‘zining “Buyuk Aleksandr tarixi” nomli asarida (mil. I asr) Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi