13:13 / 29.08.2017
6 270

Ilon chaqishi mumkin bo'lgan hodisaning oldi olindi

Ilon chaqishi mumkin bo'lgan hodisaning oldi olindi
2017 yilning 27 avgust kuni soat 14:45da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Guliston shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro E.X tomonidan, uyida ilon ko‘rganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ilon chaqishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatning oldini olish maqsadida, navbatchi guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi.

Qutqaruvchilar tomonidan xonadon sinchkovlik bilan tekshirib chiqildi va ilon topildi. Ilon aholi punktidan uzoqroq bo‘lgan joyga qo‘yib yuborildi. Xonadon egalariga mutaxassislar tomonidan psixologik yordam ko‘rsatilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ilon chaqishi mumkin bo'lgan hodisaning oldi olindi