O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 22 avgust kuni “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Yo‘riqnomaga asosan, poytaxt va poytaxt hududida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan shaxslar faqat yangi qurilgan uylardan va faqat quyidagi shartlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olishga haqli:
- respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olinadigan ko‘chmas mulk qiymati EKIHning 2500 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak;
- yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olinadigan ko‘chmas mulk qiymati shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy Bank kursi bo‘yicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi kerakligi aytilgan.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston milliy valyutasida amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda