6 638
Qoraqalpog‘istonlik 102 yoshli Tojigul momo Alliyarova "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyevning 26 avgustdagi farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumanidagi Qo‘sjap ovulida yashayotgan 102 yoshli Tojigul momo Alliyarova ham bor, deb yozmoqda «Uz24» nashri.
Mustaqillikning 26 yillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyazov Tojigul momoning uyida bo‘lib, Prezident nomidan onaxonga davlatimizning yuksak mukofoti – “Shuhrat” medalini topshirdi.
Tojigul momo bir asrdan ziyod umri davomida ko‘p sinovlar – qatag‘on yillari, Ikkinchi jahon urushining og‘ir kulfatlari, urushdan keyingi qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. Butun umr qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qildi. Bir o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazdi.
– Bugungidek tinch-osoyishta, farovon hayot ko‘rmaganman, – deydi Tojigul momo. –Yaratganga shukr, shunday kunlarni ko‘rish nasib etdi. Yoshlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar bor, to‘y ustiga to‘ylar bo‘lib turibdi. Iloyo, yurtimiz bundan-da farovon, yoshlarimiz baxtli bo‘lsin!
Bir asrdan ortiq umr ko‘rgan Tojigul momoga bayram sovg‘alari topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda