Olamning ishlari g‘alat. Kechagina tasavvur ham qilish mumkin bo‘lmagan gaplar bugunning haqiqatiga aylansa-ya!
“Amerika ovozi”ning siyosatdon jurnalisti, dilbar ayol Navbaxor Imomova bilan bir kun miriqib suhbatlashdim, xatto “dardlashdik”. Prezidentlar Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev portretiga chizgilar izladik. Odamlar taqdiri, jurnalist qismati va albatta so‘z erkinligi me’zonlari xususida baxslashdik.
Bugun bir paytlar O‘zbekistonda televideniye raxbari bo‘lib ishlagan xozirda Amerikada yashayotgan Jaxongir Mamatov bilan feysbuk “tili”da bo‘lsada samimiy xollashdik. Jaxongir yaxshi niyat bilan O‘zbekistonda uchrashishimizni tiladi. Xech bir mavzuda baxslashmasak xam bir-birimizni tushungandek bo‘ldik.
Paxlavon bilan BBS muxbirlik bo‘limining ochilishi, o‘zbek TVsida xorij xabarlari loyixasi xaqida fikr almashdik.
Buni qarangki, yaqindagina bizlar go‘yo barrikadaning ikki tomonida turgandek xis qilar edik o‘zimizni.
Kechagina viloyat xokimining TV ga intervyu berishi mumkin bo‘lmagan voqea deb tushunilar edi. XPK tufayli jurnalist Farg‘ona viloyatining bilimdon, lekin tezobroq (u afg‘onchi bo‘lgani va sariqdan kelgani uchunmi, tez jaxli chiqadi) xokimi Shuxrat G‘aniyevni rosa bir soat to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda savollarga tutdi, “terlatdi”.
Ro‘zadorlar uchun tashkil etilgan iftorlikda viloyat xokimidan tortib barcha kuchishlatar tizim (shu jumladan MXX ham) raxbarlari qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib nomozxonlarni Farg‘onadagi eng xashamatli Islom Karimov nomidagi san’at saroyiga taklif qildilar va u yerda azon chaqirilib, saf tortib shom namozi ado etildi...
Zamon buncha tez o‘zgarmasa-a?!
Bugun Lola Karimova (Tillayeva) dugonasi nomidan Islom aka xayotining so‘nggi soatlari haqida xotira e’lon qilibdi. Ishonchim komil, uni ko‘pchilik o‘qidi. Buyuk insonlar xaqidagi xotiralar shubxali emas, faqat va faqat voqelik xaqiqatiga asoslangan bo‘lishi lozim deb xisoblayman. Ishonamanki, xali shunday xotiralar albatta yoziladi, e’lon qilinadi.
Shu kunlarda Islom Karimov vafotiga bir yil to‘lmoqda. Menga taqdir iltifot ko‘rsatib bu ulug‘ zot yonida bir necha yil davomida telemuxbir sifatida xamrox bo‘lish nasib etdi. Bilmadim, yana qaysi muxbirning ismini aytib chaqirgan, lekin Islom aka xar doim “Muhammadjon, ..” deya savolga, suxbatga tutar edi meni.
Birinchi marta shunday bo‘lgandayoq Prezidentning menga bo‘lgan samimiy, ishonchli munosabati uning atrofidagi Davlat maslaxatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlariga yoqmasligini sezganman. Aniqrog‘i “sezdirishgan”. Xali paxta, g‘alla dalalaridi, qurilish maydonida, sanoat korxonasida bo‘ladimi, Islom aka bir-bir atrofidagilar orasidan meni ko‘z qarashi bilan izlab topar va yana ismimni aytib murojaat qilardi. (Bu laxzalar o‘nlab videotasmalarda saqlanib qolgan) Bu unutilmas uchrashuvlar, suxbatlar, tarixiy voqealar haqidagi satrlarni chop etish vaqti ham kelib qolar... Lekin men shunday qutlug‘ kunlarda bu insondagi o‘zgalar fikrini tinglash, agar taklif asosli bo‘lsa, unga qo‘loq tutish fazilati haqida o‘z xayotimda ko‘rganlarimni o‘rtoqlashmoqchiman.
Islom Karimov xorij radiolari, ayrim “xuquq ximoyachilari” tasvirlagandek aslo xudbin raxbar emasdi. To‘g‘ri, qabul qilgan qarorini muxokama etishlarini yoqtirmas edi. Lekin ungacha Sizni tinglash, fikr aytsangiz uni muxokama qilishga xayrixoxligi bo‘lgan.
Esimda. Shoximardonni sel olib katta fojea ro‘y berdi. Voqelikning ertasiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, ikki kundan so‘ng Prezident Shoximardonga keldilar. Men xar galgidek ularga xamroxlik qilardim. Juda tarang voqealar xam ro‘y berdi, o‘sha kuni. Bu boshqa mavzu.
Prezident qaytadigan samolyotda men xam bor edim. Xali samolyot ko‘tirilmay turib, Islom Karimov meni xonasiga (samolyotning old qismida shunday maxsus joy bor) chaqirtirdi. Keyin ortimdan Prezidentning matbuot kotibi kirib keldi. Prezidentni xech qachon bu axvolda ko‘rmagan edim. Yuragimni qo‘rquv bosdi.
- O‘tir,-dedi u jaxl bilan. – Shoximardonda shunday fojea ro‘y beribdi-yu menga bu haqda o‘z vaqtida aytishmadi. Men Prezident bo‘la turib 114 nafar fuqaro xalok bo‘lsada mamlakatda motam e’lon qilmasdan bu yerga ikki kun o‘tib keldim!
Islom Karimov oldidagi jurnal stoliga g‘azab bilan bir musht urgandi u sinib ketdi.
- Ularni-ku xali baxosini beraman, sen-chi, sen nega o‘z vaqtida xabar bermading?!
Men, aksincha o‘zimga keldim. Qo‘rquv tark etdi.
- Shoximardonni sel olgan tunda soat ikkilarda voqea joyiga yetib keldim. Lekin tasvirga tushirishni taqiqladilar. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari yetib kelsin, u ruxsat bergandan so‘ng tasvirga olasan, dedilar.
- Kim aytdi?!
- ...
- Sendan so‘rayapman, kim aytdi?!
Men javobdan qochdim.
- Shunga qaramay yashirincha tasvirga tushirdim. Lekin axborotni yuborishga qo‘ymadilar. Bosh vazir o‘rinbosari esa ertasiga keldi, chunki o‘sha kuni u Siz bilan Samarqandga borgan ekan...
Shunday deyishimni bilaman, Prezident yana bir bor stolni mushtladi. Endi u butunlay sinib tushdi.
- Atrofimdagilar xaqiqatni gapirmasa, Sen vaqtida televizorda ko‘rsatmasang, men xaqiqiy axvolni qanday bilay, gapir!!!
Xali-xali o‘sha voqeani eslab Islom akaga qanchalar qiyin bo‘lganiga takror va takror iqror bo‘laman.
Biz o‘shanda Islom aka bilan uzoq suxbatlashdik. Bir payt menga qarab:
- Iye, nega tek o‘tiribsan, yozib qo‘y bu gaplarning xammasini. Vaqtlar kelar, o‘shanda e’lon qilasan, odamlar bilsin, Shoximardon uchun Prezident qanchalar iztirobda kolganini, atrofidagilar unga xiyonat qilganini, yoz, yoz.
Yon daftarim samolyotdayoq to‘layozdi.
Samolyot Toshkentga qo‘ndi, chamasi 15 daqiqa o‘tdi xamki, iztirobli suxbat tugamasdi.
- Men kimga ishonay? Qobiljon sakkiz oydayoq qochib ketdi. (Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Qobiljon Obidovni nazarda tutardi prezident) Farg‘ona viloyati xokimi Mo‘minovni... tavsiyasi bilan qo‘ygandik. Ishonchni oqlamadi,-dedi Prezident. Keyin menga biroz tikilib turdi-yu,
- Sen ayt, Farg‘onaga kimni xokim qilib qo‘ysak ish yuradi?
Men indamadim. Islom aka takror so‘radi.
- Sendan so‘rayapman, kim Farg‘onaga xokim bo‘lsa shu og‘ir viloyatni eplaydi?
Men yana indamay turaverdim. Qolaversa matbuot kotibi oyog‘imni bosib qo‘ydi. Bu “gapirma” degani edi.
- Iye, sen Farg‘onani bilasan deb so‘rayapman, nega jim turibsan?
Bu gal sabrim chidamadi. Viloyatdagi vaziyat, raxbar kadrlar haqida o‘zim bilgan va to‘g‘ri deb xisoblagan fikrlarni ochiq oydin to‘kib soldim. Va oxirida:
- Menimcha, Alisher Otaboyev Sizning talabingizga javob beradigan raxbar bo‘la oladi,-dedim.
Matbuot kotibi bu gal oyog‘imni oyog‘i bilan qattiq bosdi. Og‘riqdan panjalarim zirqirab ketdi.
Prezident bir oz o‘ylanib qoldida, o‘rnidan turib yo‘lakka chiqar ekan:
- Ko‘ramiz, -deb qo‘ydi.
Trapdan tushdik. Islom aka mashinasiga o‘tiriyotib yana meni oldiga chaqirdi.
- Farg‘onaga qaytib borasanda Jo‘rabekovdan intervyu olasan. Endi xalqqa xammasini o‘zi tushuntirib bersin!
Men yana tazyiq va so‘roq-savol ostida koldim.
- Sen kimsanki, Prezidentga otdelkadrlik qilasan!-deyishardi dag‘dag‘a bilan.
Bu voqeaga guvox bo‘lganlardan tashqari (ular xozir xam amalda) yaratgan ham shohid. Men maslaxatchi ham, otdelkadr xam emasdim. Prezidentning qistovli savoliga noiloj o‘ylaganimni aytib javob berdim xolos.
Ammo ...oradan ko‘p o‘tmay Farg‘onada bo‘lgan tashkiliy sessiyada Prezident viloyat xokimligiga Alisher Otaboyev nomzodini taklif etdi.
Bu kabi suxbatlar Quvada Axmad al-Farg‘oniy ramziy qabr toshi o‘rniga xaykal o‘rnatilishi, Andijonda Misr don urug‘larini sinab ko‘rish, Farg‘ona shahridagi sho‘rolar davrida qo‘yilgan ayol xaykalini olib tashlash, Chimyon kurkachilik fabrikasiga borish, Kremldagi Georgiy zalida Boris Yelsin bilan uchrashuvdan so‘ng, 1991 yildagi Namangan voqealari chog‘i va yana ko‘plab xolatlarda ro‘y bergan.
Xar gal Prezident atrofidagilar, jumladan yuqorida tilga olingan xolatlarda xamrox jurnalist fikrini inobatga olgandi. Men bilgan (1991-2005 yillar) Islom Karimov shunday inson edi. Vaqti kelib men bilgan, ishtirok etgan voqealar kundaligini chop etish ham nasib qilar. Lekin takror aytaman, Islom akada suxbatdoshini sabr bilan tinglay olishdek xammaga nasib etmagan insoniy fazilat mavjud edi. Iloyo oxiratlari obod bo‘lsin.
Islom aka omonatini yetkazuvchi,
Muhammadjon Obidov
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar