Kuni kecha Moskva politsiyachilari kissavurlardan birini qo‘lga oldi. U nafaqat kissavur, balki ixtirochi ham bo‘lib chiqdi. Kissavur o‘z ishi doirasida rosmana ixtiroga qo‘l uribdi.
Videoyozuvda ko‘rsatilishicha, u oldindan tunashi lozim bo‘lgan yo‘lovchilar tepasiga keladi-da, qo‘lidagi bir dasta pulni go‘yo tushirib yuborgandek, «o‘lja»ning boshi ustidan sochadi. Shubhasiz, o‘rindiqda xotirjamgina o‘tirgan yo‘lovchi darrov pullarni pastdan yig‘ib egasiga topshirish ilinjida engashadi.
Ana shunda kissavur o‘zi ham pullarni terishda ko‘maklashmoqchi bo‘lib pastga egilib oladi. Aslida u tunashi kerak bo‘lgan yo‘lovchi ayolning sumkachasini mo‘ljalga olgandi. Qarabsizki, pullar terib bo‘lingunga qadar yo‘lovchi ayolning sumkachasidagi pullar ship-shiydon qilindi.
Politsiya xodimlari ham kissavurning ixtirosiga tan berishdi. Ammo iloj qancha? Kissavur qilmishiga yarasha jazosini olishi shart. Shunisi aniqki, u to jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqquncha yangi ixtirodan qo‘li chiqib qoladi.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar