O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkekga jo‘nab ketgani haqida avval xabar bergandik.
Bugun, 6 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga tashrifi yakunlandi.
Almazbek Atamboyev «Manas» xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Vataniga kuzatvordi. Marosimda ikki davlatning rasmiy delegatsiyalari qatnashdi.
Tashrif davomida Prezidentimiz Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul va O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev ikkitomonlama muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. Andijon va O‘sh, Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida, Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida, Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa muhim hujjatlar imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev muzokaralar o‘zaro hurmat, ishonch va amaliy ruhda o‘tganini, erishilgan tarixiy kelishuvlar O‘zbekiston Qirg‘iziston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladilar.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi