Bekobod tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli «Ural» mototsiklida yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. U bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan. Ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan, u vafot etgan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar berdi.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ushbu hududda yashovchi Nexia haydovchisi shaxsiy adovati sababli mashinasi bilan mototsiklning orqa tarafiga borib urgan. Mototsikldagilarga og‘ir tan jarohati yetkazganini bila turib, Nexia haydovchisi voqea joyidan yashiringan.
Avtomobil haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismining «d» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi