12:32 / 09.09.2017
8 649

Soxta tilla taqinchoqlar sotib yurganlikda gumonlanayotgan ayol qidirilmoqda

Soxta tilla taqinchoqlar sotib yurganlikda gumonlanayotgan ayol qidirilmoqda
Toshkent shahar IIBB va Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tomonidan 1972 yil 5 mayda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, Yangisoy ko‘chasi, 150-uyda ro‘yxatda turuvchi Odinaxon Sohibova qidirilmoqda.

IIB vakilining KUN.UZ ga ma’lum qilishicha, O.S. bugungi kunda Toshkent shahrining tumanlarida aylanib yurib, fuqarolarga o‘zining yonida bo‘lgan sariq rangli, mis metall qorishmasidan yasalgan ayollar taqinchoqlarini ko‘rsatib, ularni tilladan ekanligini ma’lum qilgan holda aldab, turli miqdordagi pullarini qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir etish bilan shug‘ullanib yuribdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani IIB shahar aholisini O.S.dan ehtiyot va ogoh bo‘lishga chaqiradi hamda uni ko‘rgan zahoti zudlik bilan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIBning 267-33-50; 267-33-62 yoki 102 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta tilla taqinchoqlar sotib yurganlikda gumonlanayotgan ayol qidirilmoqda