Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti ochildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portali orqali ma’lum qilindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik saroyida qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev kutib oldi.
Ochilishdan so‘ng Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar delegatsiya rahbarlarining rasmiy suratga tushish marosimi bo‘ldi.
Sammitni Prezident Nursulton Nazarboyev ochdi. Qur’on tilovat qilindi.
Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti «Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish» mavzuida o‘tmoqda.
2016 yil 18 oktyabrda Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, «Ta’lim va ma’rifat — tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» shiori uning asosiy g‘oyasi etib belgilangan edi. Shu ma’noda, Ostonadagi sammitni Toshkentda o‘tgan sessiyaning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Anjumanda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat 80 ga yaqin delegatsiya ishtirok etmoqda.
Sammit yakunida Ostona deklaratsiyasi imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi