
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotranport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshiradilar. Bu haqda Qalampir nashri xabar bermoqda.
Haydovchilarga malaka oshirgani to‘g‘risida “Avtotest Report” MChJ o‘quv kompleksining sertifikati topshiriladi. 2018 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqargan haydovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 sentyabrda qabul qilingan “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan.
Bu qaror orqali yo‘l harakati, fuqarolar hayotining xavfsizligi ta’minlanadi, YTHdan ogohlantirish chora-tadbirlarini kuchaytiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar