18:40 / 13.09.2017
8 698

Paxtani endi kim teradi yoki fermerga hasharchidek “rasxodchi” kerakmi o‘zi?

Paxtani endi kim teradi yoki fermerga hasharchidek “rasxodchi” kerakmi o‘zi?
“Paxta terimiga Toshkentdan hasharchilar bormasa oq “oltinni kim” teradi?» - degan muammo internetning feysbuk tarmog‘ida keng muhokama qilinmoqda. Ular orasidan sizga eng ahamiyatli fikrlarni tanlab, tavsiya etamiz.

“Ayrim kulgili va ayrim o‘rinli fikrlar! Hurmatli paxta terimini yoqlayotganlar qo‘lllaringni ko‘taring qani nechtang mart oyidan sentyabrgacha paxta oralagansan! Xatto ayrimlarning qo‘li chanoqdan zirillamagan. Lekin, aqlin jamoani o‘chiradi. Avvalo, 32 yildan beri Bahorda chigit ekib, kuzda qancha zahmat bilan uni teradigan otamning o‘g‘li sifatida, paxtani unishidan, uni yig‘ilish jarayonigacha esimni tanigandan beri guvoh bo‘lgan inson sifatida aytaman. Fermerga hasharchi degan ortiqcha “rasxodchi” aslo kerak emas.

Bechora fermerga azob. Paxtani tersinmi yoki shuncha bekorchi hasharchilarni qornini boqsinmi? Yana hokim buvalarimiz turadi: ““obed”ga osh qilsin, qo‘y so‘ysin”- deb.” - feysbuk foydalanuvchilaridan biri.

Taniqli jurnalist esa paxta hasharchilariga nisbatan quyidagi mulohazalarni qayd etgan.

Karimberdi Turamurod:
Ko‘pchilikda "Paxtani endi kim teradi?" degan savol paydo bo‘libdi. Bitta hokim o‘rtog‘im bor, kimligini aytmayman, u ham malomatga qolmasin, o‘sha do‘stim aytadi: "Menga bir dona hasharchi kerak emas, fermerlarim “dod” deydi, bir kishini ham dalasiga kirgizgisi kelmaydi, ammo nima qilay, "kattakonlar" majburlab hasharchi yuboradi. O‘sha "kattakonlar"ga hasharchi tergan paxta ham kerak emas, aslida. Ularga hasharchi soni kerak. Bu son kilogrammlarga,kilogrammlar pulga, pullar "ulushlarlar"ga aylantiriladi. "Kattakonlar" o‘sha ulushdan manfaatdor. Bo‘lmasa, o‘sha hasharchi deganining turgan-bitgani ko‘tara tashvish. Paxtani esa fermerlarim o‘z kuchi bilan bir-ikki haftada terib oladi".

Paxta terimiga borgan fuqarolardan biri shunday deb yozadi:

Maryam Azizzoda:

Hakikatanam shunday!
O‘tgan yili kunduzgi hasharga borganimizda,fermerlar traktorni soyasida bir tovoq go‘sht yeb o‘tirgan ekan. “Biz shuncha pul sarflab o‘z xisobimizdan keldik taksi bilan” - deganimizda, “o‘sha pulni bizga berib, familya bersanglar bo‘ldi, o‘zimiz yozamiz paxta, aslida hech keragingiz yuq” - deb aytgandi. To‘rt haftani hisoblab 150 mingdan bergandik, shu bilan paxta tamom....
”Buyog‘i siyosatda endi opa, ketovringlar» - degandi.
Oladigan oylik haminqadar....nailoj.. . Hay, qutilibmiz-ku, behad shukr!

Yana bir foydalanuvchi tekin hasharchilaring ortidan "pul qilinishiga" shama qilmoqda.

"Paxta boyligimiz bir - ikki oyga chiqsak o‘lib qolmaymiz" -deganlarni bir necha yil kuzatdim . Bular deyarli paxtaga borishmaydi, borishsa ham paxta terishmaydi. Tarozibon , hisobchi yoki boshqaruvchi bo‘lib borishadi bular paxtaga. Terimchilar hisobidan mo‘maygina pul ishlashadi. Qo‘llarini yara bosib paxtani teradiganlar "oltin qo‘lli" qora xalq- talaba, shifokor, o‘qituvchilar bo‘ladi.

Fermerlarning aytishicha paxtani terib olish muammo emas ekan. Hisob raqamlaridagi pullarni naqdlashtirishni oson qilib qo‘yishsa va erkinlik berishsa, terimchilarni jalb qilish muammo emas, deyishadi. Yoki paxtaning narxini ko‘tarib qo‘yishsa, mahalliy aholi va chekkadan kelib terib ketishadi. Afsus bunday qilishmaydi. Agar bu majburiy mehnatlarni ixtiyoriy mehnatga aylantirishsa , ko‘pchilik "himoyali" odamlarning cho‘ntagi "leva"dan quruq qoladi...

"Prezidentimizga va u kishini qo‘llab - quvvatlovchilarga Alloh xayrli ishlarida quvvat bersin.”

Manba: dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxtani endi kim teradi yoki fermerga hasharchidek “rasxodchi” kerakmi o‘zi?