Ijtimoiy tarmoqlarda 23 avgust kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Va bu o‘z tasdig‘ini topib, ushbu sanadan so‘ng Xalqaro press klub jonli efirga chiqmadi. Ushbu holat yuzasidan turli izohlar berilib, sentyabr oyidan jonli efirga chiqish qayta tiklanishi aytildi, deb yozadi Qalampir nashri.
Ertaga, 15 sentyabr kuni soat 11:00 da Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi tashkil etiladi. Eng qizig‘i, ushbu sessiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi kutilmoqda.
15 sentyabrda tashkil etilishi rejalashtirilgan Press klub sessiyasida moderator sifatida Sherzod Qudratxo‘jayevning ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda tahririyatimizga yaqin manbaa xabar berdi.
Ertangi sessiya “Biznes ombudsman” faoliyati bo‘yicha bo‘lishi hamda unda spikerlar sifatida Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikramov, Adliya vazirligi rahbariyati va O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlari ishtirok etishi mumkinligi aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas