16:12 / 14.09.2017
12 992

Shahnozabonuning qizi turmushga chiqyapti

Shahnozabonuning qizi turmushga chiqyapti
Bugun, 14 sentyabr kuni taniqli xonanda Shahnozabonuning qizi Umidabonu Yo‘ldosheva turmushga chiqmoqda. Bu haqda saytimizning ishonchli manbalari xabar qildi.

2016 yilning 14 mart kuni o‘zbek san’ati og‘ir judolikka yuz tutgan edi. Xushovoz xonanda Shahnozabonu 42 yoshida og‘ir xastalik sabab vafot etdi. Uning bir qizi bor edi.

Shahnozabonu muxlislari orasida “Qizalog‘im” nomli qo‘shig‘i bilan tanilgan. Uni hamon shu qo‘shiq bilan yodga olishadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva she’ri bilan aytilgan ushbu qo‘shiq Shahnozabonuning yakkayu yolg‘iz qizi Umidaga bag‘ishlangan edi.

Umida onasining vafotidan so‘ng tushkunlikka tushib qoldi. Ammo volidasining chala qolgan ishlarini yakunlashga ulgurdi. Bitmay qolgan qo‘shiqlarni tayyorlab, muxlislarga taqdim etdi.

Umidabonu ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga onasining suratlarini joylashtirib borar, uning umr yo‘liga oid izohlarni qoldirardi. Izohlarning birida u shunday yozadi:

“Ayol jim bo‘ldi, soqov dedilar.
Ayol gapirdi, ezma dedilar.
Ayol kuldi, yengiltak dedilar.
Ayol yig‘ladi, sharmanda dedilar.
Ayol ha dedi, ko‘ngli bo‘sh dedilar.
Ayol yo‘q dedi, manman dedilar.
Ayol kiyindi, olifta dedilar.
Ayol sevdi, nomussiz dedilar.
Erkak sevdi, erkakchilik dedilar.
Xullas, deya-deya ayolning umrini yedilar...”.

Fursatdan foydalanib, Umidabonuga oilaviy baxt tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahnozabonuning qizi turmushga chiqyapti