
O‘zbekistonlik taniqli xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni sohibasi Larisa Moskalyova oilasi og‘ir judolikka yuz tutdi. Bu haqda xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirgan, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Xonandaning xabar berishicha, u AQShda bo‘lgan va “Irma” to‘fonidan jon saqlayotgan bir paytda Toshkentda onasi vafot etgani haqida xabar topgan. 10 sentyabr kuni Larisaning onasini ko‘mish marosimi o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, Moskalyova 10 sentyabr kuni onasi 77 yoshni qarshilaganini va yaqinlaridan onasi haqqiga duo qilishlarini so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Larisa Moskalyovaning onasi o‘z hayotini Toshkent shahri rivojiga bag‘ishlagan, 1966 yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan.
Tahririyatimiz nomidan xonanda Larisa Moskalyovaga va uning oila a’zolariga ta’ziya bildiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar