23:50 / 14.09.2017
8 338

“U kechagi ob-havoni ham aniq-tiniq ayta oladigan salohiyat egasi...” (status-tabassum)

“U kechagi ob-havoni ham aniq-tiniq ayta oladigan salohiyat egasi...” (status-tabassum)
-Aka, rekord nima degani?
-Obbo, menga qara, shalpangquloq! Sen yana Oshga sha’ma qilyapsanmi?
***
"Basharani qara", dedi ko‘zgu ro‘parasida tirjayib turgan odamni ko‘rib!
***
Aqlli uy, aqlli soat, aqlli telefon, aqlli mashina... Aql odamlardan jismlarga o‘tib ketyapti asta-sekin...
***
-Menga qara, sen birovni nog‘orasiga o‘ynashni qachon bas qilasan?
-Menga farqi yo‘q, pul bersa, tog‘orasiga ham o‘ynayveraman!
("Ikki raqqos suhbati"dan. Istagancha tushunish mumkin)
***

Messi gol urmagan bitta darvozabon qopti. E, Messi tugul Suares, Neymar, Ronaldu ham bunday baxtga erisha olmagan ekan! Kim ekan o‘sha darvozabon, deb o‘ylayapsizmi? Bu o‘zimizning Lobanov, azizlar!
***
#Burgutko‘z

-Heyeyeye, o‘sha narsani ko‘ryapsanmi?

-Ha, juda aniq-tiniq ko‘ryapman!

-Men esa ko‘rmayapman...!
***
-Siz so‘z mohiyatini juda yaxshi tushunadigan inson - jurnalistsiz. To‘g‘rimi?
-Albatta!
-Vijdon nima degani?
-Vij-vij don!
***
Toshkent tibbiyot akademiyasi va Pedagogika bilim yurtlariga Jang san’ati degan kurs qo‘shish kerakka o‘xshaydi)))
***
-Bӯrivoy, Qӯchqor akang qani?
-Qӯzivoyni olib, Olmaxon ammamnikiga ketdi!
***

Tog‘a jiyanini ishga oldi. U bola shunday kuchli salohiyat egasi-ki, hatto kechagi ob-havoni ham aniq-tiniq ayta oladi!
***
Odam rosa kӯp joyda yo tekinga osh berilayotgan bӯladi yo arzonroq shakar...))
***
U feysbuk bandasi. Har bir harakati FBga tutash. Hatto u laylakni ham "LayLAYK", deydi...
***
Bugun Davlat Kursovni kӯrdim. Kuydirgan kalladek tirjayib turibdi: . "Bizni yelka oftob kӯradigan kunlaram keldi. "Qoravoy" taxtdan tushdi", deydi...
***
-Allo, aka!
-Nima gap, ukam?
-Oshga keling, palovxonto‘ra pishirdik!
-Yo‘q, rahmat! Men diyetadaman!
-Bo‘masa, diyeta degan joyga oboraymi oshni?!
***

"Hamma erkaklar bir xil", degan ibora olomon ichida erini yo‘qotib qo‘ygan xitoylik ayol tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lsa kerak!
***
Cersavol uka bilan suhbat:

-Aka, so‘z erkinligi haqida erkin fikrimni eshitib ko‘rasizmi?

-E, jim o‘tir-ye! Kim qo‘yibdi senga, churvaqa!
***
-Uka, menga qara! Nuqul noliganing noligan. Senga nima yoqadi ӯzi?
-Haaa, sizga ham meni gaplarim yoqmay qopti ӯzi... Bildim...

Muslim Mirzajonovning “Feysbuk” sahifasidan olindi

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “U kechagi ob-havoni ham aniq-tiniq ayta oladigan salohiyat egasi...” (status-tabassum)