
Muqobil energiya manbaalaridan foydalangan holda elektr energiyasidan oqilona foydalanish har bir fuqaroning burchidir. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish bugungi kunda muhim masala bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Soliq kodeksining 275- va 290-moddalariga qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish ko‘rinishidagi imtiyozni kiritish taklif etilmoqda.
Imtiyoz muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta’minoti tashkilotlarining tegishli ma’lumotnomasi imtiyozni qo‘llash uchun asos hisoblanadi.
Portalga joylashtirilgan loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi ham mumkin.
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar