Yaxshiyam shifokor bo‘lib ishlamaganim (kasbim shu aslida), yo‘qsa men ham kimningdir salomatligini tiklayman deb kaltak yerdim, so‘kish eshitardim. Ana undan keyin yetti yuz ming emas yetti million maosh olsam ham ko‘zimni yumardim. O‘sha mushtumzo‘r bilan uning tilida gaplashardim, bu so‘zlarni eshitguncha jonimni xatarga qo‘yib bo‘lsa ham qonga belanguncha mushtlashardim...
O‘qituvchini ko‘rdim, shunchalar abgor va tili qisiqki, ko‘pchilik oldida, o‘z hamkasblari ko‘z o‘ngida g‘ururi toptalib kaltak yesa ham bo‘ynini egibgina turibdi... Yaxshiyam o‘qituvchi emasman (otamning kasbi shu aslida), agar o‘qituvchi bo‘lganimda bir emas o‘n million oylik olsam ham shu so‘zlarni aytib qo‘l ko‘tarayotgan hokimga undan ortiq javob berib, hammasidan voz kechib ketardim.
Bu ikkisining qiyofasida millatning buguni va kelajagiga munosabatni ko‘rdim. Ko‘nglim xavotirda endi. Ibn Sinoga hurmat shunday bo‘lganida o‘sha davrdayoq ko‘pchilik qirilib bitib, biz tug‘ilmasmidik...
Avloniylarni johillarcha kaltaklayversak, o‘zimiz ham jaholatga g‘arq bo‘larmidik...
O‘zbegimni ko‘rdim. O‘yg‘onmoqda! Garchi uzoqdan bo‘lsa ham bu holatlarni qat’iy qoralamoqda, aybdorlarga keskin choralar ko‘rishni talab qilmoqda. O‘yg‘onganing rost bo‘lsin o‘zbegim, nohaqlikka duch kelganda bir biringni qo‘llashing rost bo‘lsin! Vakillaringning jaholati yengiladi. Sening qiyofangda umid ko‘rdim!
Abror Zohidov
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas