Bosh Prokuratura huzuridagi departamentning Oltariq tuman bo‘limi hamda Milliy havfsizlik xizmati tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzarlarning qilmishiga chek qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston24» xabar bermoqda.
Gap shundaki, fuqaro Javlon Ergashev noqonuniy daromad olish maqsadida fuqaro G‘aniyevdan chet el valyutasini qonunga hilof ravishda xarid qilishni rejalashtirib jami 8 ming AQSh dollarini, har birini 8050 so‘mdan hisoblab, 64 mln 400 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Tezkor xodimlar tomonidan uning avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda esa 14700 AQSh dollari hamda 16 mln 713 ming so‘m borligi aniqlandi.
Javlon Ergashev shuningdek, Oltariq tumanida yashovchi fuqaro Muhamadjon Rasulovdan ham 11 800 AQSh dollarini qayta sotish maqsadida 94 mln 990 ming so‘mga xarid qilingani fosh etildi. Tezkor tadbir yakunida qonunbuzarlar tomonidan noqonuniy muomalaga kiritilgan jami 14 720 AQSh dollari va 175 mln 613 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar