8 261
Xushxabar! Barcha talaba, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari paxta terimidan qaytariladi
21 sentyabr kuni kechki soat 23:00da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqida KUN.UZ'ning ishonchli manbasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shoshilinch videoselektor davomida bu yilgi paxta terimi mavsumi masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda paxta-yig‘im terimida bo‘lgan talabalar, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini dars jarayoni hamda ish faoliyatiga qaytarish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Hukumat rahbari tomonidan 22 sentyabr kuni soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Endilikda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish uchun aniq belgilangan chora-dasturlar va konsepsiya asosida aholi va "Fidoyi yoshlar otryadlari" jalb qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar