
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari sababli sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.
Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 8 sentyabr kuni noma’lum shaxslar Chinoz tumani Olmazor qo‘rg‘oni hududida joylashgan “Magnat perfect brick” MChJga tegishli g‘isht ishlab chiqarish zavodidan jamiyat balansida turgan umumiy narxi 62 million 600 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklarini o‘g‘irlab ketgan.
Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni shu zavodda ishlovchi: T.K., D.I. va S.E.lar tomonidan sodir etganligi aniqlangan.
Jinoyatchilar jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi ta’minlanmoqda.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar