
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning noyabr oyida Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Kun.uz ma’lumot berdi.
Prezidentning o‘zi Janubiy Koreya safariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida iyul oyi oxirida o‘tkazilgan videoselektor vaqtida aytib o‘tgandi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyunni qabul qildi. Qabul davomida janubiy koreyalik arbob O‘zbekiston rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Janubiy Koreya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tez orada ushbu mamlakatga tashrif bilan borishini kutayotganini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar