O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasiga rasmiy maqom berildi.
Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Facebook tomonidan berilgan rasmiy status vazirlik vakillarining Facebook kompaniyasi bilan bo‘lgan uchrashuvda erishilgan kelishuvga asosan berilgan. Bugun, 27 sentyabrdan boshlab Prezidentning sahifasi kompaniya tomonidan tekshirilib, ko‘k rangdagi belgi bilan unga rasmiy status berilganini aytgan.
Ushbu status Prezident faoliyatiga doir axborotlarni yanada keng jamoatchilikka tarqatishga hamda uni turli boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida aynan birinchi bo‘lib rasmiy saxifani ko‘rsatishga imkon beradi.
Rasmiy sahifaga quyidagi link orqali o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan “Kremniy vodiysi”da bo‘lib, bu yerda faoliyat olib boruvchi yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi