
27 sentyabr kuni taxminan soat 18:20 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Uzbek Invest” binosi qarshisida YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati bergan xabarda, 29 yoshli Captiva rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lda ketayotib, piyodani urib yuborgan. Natijada 26 yoshli yigit hodisa joyida vafot etgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismiga asosan, transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lishi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar