Venadagi veterinariya institutining bo‘rilarni o‘rganish markazi bo‘rilar sabab va oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikni fahmlaydi, itlar esa yo‘q, demoqda.
Venalik olimlar 12 ta bo‘ri, 14 ta daydi it va 12 ta xonadon iti ishtirokida qator tajribalar o‘tkazdi. Hayvonlarning ziyrakligini aniqlash uchun ikki qutidan foydalanildi: biriga ozuqa solib hid chiqarmaydigan darajada zich yopildi, ikkinchisi bo‘sh qoldirildi.
Birinchi tajribada hayvonlarning odamlarning buyrug‘ini fahmlashi tekshirildi. Maxsus xodim kerakli qutini hayvonga ko‘rsatadi va uni ochishga harakat qiladi. Ikkinchi tajribada esa xodim hayvonga diqqat qaratmasdan qutiga e’tiborini qaratadi. Uchinchi tajribada inson qatnashmaydi, ammo qutining ichida biror narsa bor-yo‘qligini fahmlab bo‘ladigan darajada harakatlantiriladi.
Odamning yo‘l-yo‘rig‘i va ko‘rsatmasini it ham bo‘ri ham juda yaxshi tushundi. Ammo uchinchi tajribaga kelganda hayvon o‘z ziyrakligiga tayanishi lozim edi, bu holatda bo‘ri aqlliroq chiqib qoldi. Yovvoyi hayvon quti chiqargan tovush va uning ichida narsa borligini itdan yaxshiroq fahmladi.
O‘tkazilgan tajriba natijasida Avstriya olimlari itlar xonakilashtirilgach, yovvoyi qarindoshlariga nisbatan aqllilashgan, degan qarashni shubhaga oldi. Ehtimol, sirkda o‘ynamasligi ham bo‘rining aqlliligidandir.
O‘zbek adiblarining asarlarida bo‘rining xonakilashtirilgani haqidagi voqealar tasvirlangan. Masalan Normurod Norqobilovning “Oqbo‘yin”, Shukur Xolmirzayevning “Yur, tog‘larga ketamiz” qissalarida bo‘ri avlodining insonga o‘rgangani hikoya qilingan. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha” asarida esa Hoshimjonning do‘sti Akrom bo‘ri bolasini tutib uyda tarbiyalashga urinadi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"