Qirg‘iziston prezidenti devonining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Oyzoda Subako‘joyeva jurnalistlarga Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga nima uchun borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5-6 oktyabr kunlari Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi amalga oshiriladi. Bu so‘nggi yil davomida ikki mamlakat o‘rtasida yuzaga kelgan qalin siyosiy muloqotning muhim davomi bo‘ladi. Tashrif doirasida muzokaralar tor doirada va kengaytirilgan tartibda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy va transchegaraviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
«Ayni paytda, qayta ishlash sohasi, to‘qimachilik sanoatida qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va Qirg‘izistonning YeOIIdagi a’zoligi hamda Yevropa Ittifoqi bozoriga kirish imkonini beruvchi VSP+ maqomini e’tiborga olgan holda, logistika markazlarini tashkil etish ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda», – dedi Oyzoda Subako‘joyeva.
Tashrif kunlari «O‘zbekiston va Qirg‘iziston – globallashuv doirasida hamkorlik» biznes-forumini o‘tkazish mo‘ljallangan. Unda Qirg‘izistonning 250 nafar yirik tadbirkori ishtirok etadi. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Biznes-forum hamda ko‘rgazma doirasida aniq bitimlar va shartnomalar imzolanadi.
Prezidentlar transport va energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar. Transport sohasida tomonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston ishtirokida xalqaro avtotransportni tashkil etish, avtobus yo‘nalishlarini qayta tiklash va havo qatnovini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilmoqchi.
Energetika sohasidagi hamkorlikka kelsak, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar mavzusi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti va Qambarota GES-1ning birgalikdagi qurilishi bo‘ladi.
Shu bilan birga, Oyzoda Subako‘joyeva hozircha gap qandaydir aniq bitimlar haqida ketayotgani yo‘qligini ta’kidladi. Bu yerda faqat rejalar haqida so‘z bormoqda, hamma variant va imkoniyatlar o‘rganilmoqda.
«Ikki davlat rahbarlarining sentyabr oyidagi uchrashuvi natijalari bo‘yicha aniq o‘zgarishlar mavjud. Beshta nazorat-o‘tkazish punkti va chegarani kesib o‘tish joylari ishi tiklandi, suv xo‘jaligi ob’ektlari hamda davlat chegarasining qolgan qismi bo‘yicha muzokaralar yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi vaqt ichida chegaraning yana 40 kilometri belgilab olindi. Muzokaralar jadvalga muvofiq davom etmoqda», – degan Oyzoda Subako‘joyeva.
Tashrif doirasida Almazbek Atamboyev va Shavkat Mirziyoyev ratifikatsiya hujjatlarini 2017 yil 5 sentyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma asosida almashadilar. Davlat rahbarlari darajasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanadi.
Tomonlar xavfsizlik, mudofaa, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish, tovarlar va yuklarning harakatida bojxona amaliyotlarini amalga oshirish tartibi, statistik ma’lumot almashish, chegara hududlari va axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 15ga yaqin ikki tomonlama hujjatlarni imzolaydilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi