
Xitoylik qiz smartfonda uzluksiz o‘yin o‘ynash oqibatida bir ko‘ziga ko‘r bo‘lib qoldi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Nashrning ta’kidlashicha, 21 yoshli qiz smartfonda uzukun to‘xtovsiz o‘yin o‘ynagach, oxir-oqibat ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi. Unga o‘ng ko‘z to‘r pardasi arteriyasi okklyuziyasi tashxisi qo‘yilgan.
Qizning aytishicha, u shunchalik o‘yinga mute bo‘lganki, ishdan keyin va dam olish kunlari uni to‘xtovsiz o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lgan.
"Ishim bo‘lmagan kunda odatda ertalabki soat 6 da uyg‘onib, nonushta qilib, kunduzgi soat 4 gacha o‘yin o‘ynayman. So‘ngra men nimadir tamaddi qilib olib, uxlayman va tungi soat 1 gacha yana o‘ynayman. Ba’zida shunchalik o‘yinga berilib ketamanki, hatto u-bu narsa yeb olishni ham esdan chiqaraman", deb aytmoqda qiz.
Shifokorlardan birining aytishicha, qizda aniqlangan muammo asosan keksa odamlardauchraydi va kamdan-kam hollarda yoshlarda qayd qilinadi. Uning ta’kidlashicha, qizning ko‘r bo‘lib qolishiga ko‘zlarining haddan tashqari zo‘riqishi sabab bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing