
11 oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan MDH sammitidan avval Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning alohida tor doirada uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Ushakovning aytishicha, ikki mamlakat rahbarlarining o‘zaro uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy munosabatlarga to‘xtalib o‘tilishi belgilangan. Shuningdek, prezidentlar harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohadagi kelishuvlarni muhokama etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik istiqbollari va Davlat rahbarlari kengashining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qilish uchun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 10 oktyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishda qatnashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar