
Bugun, 25 oktyabr kuni Toshkent shahrining Minor metro bekati yaqinidagi chorrahada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Yosh qizning boshqaruvidagi Nexia avtomobili katta tezlikda beton simyog‘ochga kelib urilgan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtomobilni boshqargan haydovchi qizni mashinadan olib chiqishgan. Uning jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. Qiz shifoxonaga olib ketilgan.
Avvalroq, 24 oktyabr kuni Toshkent shahrining Minor chorrahasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergani hamda yengil avtomobil yo‘lovchini urib yuborgani haqida xabar bergan edik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar