
Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejida yuz bergan mudhish voqea yuzasidan davlat ayblovchisi Baxtiyor Akromov sudlanuvchi Islombek To‘laganovni marhum Jasurbek Ibrohimovga qasddan og‘ir tan jarohat yetkazganida ayblab, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Joriy yilning 24 oktyabr kuni sud majlisining navbatdagi qismida, davlat ayblovchisi Islombek To‘laganovning mazkur ishda aybdor, deb topib, uni olti yil umumiy tartibdagi qamoqxonada jazo muddatini o‘tashni so‘ragan. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, 7-, 1- va 2-poliklinika tomonidan taqdim etilgan kasallik varaqasi hamda tibbiy xulosaga ko‘ra, Jasurbek Ibrohimovning o‘limiga badaniga yetkazilgan og‘ir tan jarohati sabab bo‘lgani aniqlangan.
Shunday qilib, sudlanuvchi Islombek To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “d” bandida qayd etilgan jinoyatni amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Keyingi sud majlisi 27 oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar