15:16 / 31.10.2017
5 487

O‘zbekiston Yevropaga olib chiquvchi yangi temiryo‘l tarmog‘iga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Yevropaga olib chiquvchi yangi temiryo‘l tarmog‘iga ega bo‘ldi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni Haydar Aliyev nomidagi aeroportda Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Yoqub Ayyubov kutib olgan edi.

Kecha, 30 oktyabr kuni Ozarbayjonda Buyuk ipak yo‘lining bir qismi bo‘lgan yangi ipak yo‘li temiryo‘l tarmog‘i ochildi. Ushbu marosim Bakudagi dengiz savdo portida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston tomoni ham asosiy ishtirokchilardan biri bo‘ldi.

Ushbu marosimda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Gruziya Bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovlar hamda Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etdi.

“Baku–Tbilisi–Kars” temiryo‘l tarmog‘i Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi eng qisqa temiryo‘l tarmog‘idir.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning fikricha, Yangi Ipak yo‘li loyihasining bir qismi ishga tushirildi, ushbu loyiha Osiyo, Afrika va Yevropani bog‘laydi. “O‘rta koridor” loyihasining bir bo‘lagi bo‘lgan Baku–Tbilisi–Kars temiryo‘l tarmog‘i Londonni Xitoy bilan bog‘lovchi yo‘lning asosiy qismidir.

Ushbu marosimda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston rahbariyati transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyati yuqori bo‘lgan mintaqalar bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhim deya hisoblashini aytdi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston o‘zining ichki yagona temiryo‘l tarmog‘ini yaratib bo‘lganini aytdi. Angren–Pop temiryo‘l loyihasining tugallanishi Yangi Ipak yo‘li loyihasida muhim o‘rin egallashi aytildi.

Ma’lumot uchun, “Baku–Tbilisi–Kars” temir yo‘l tarmog‘i Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya hududlaridan o‘tadi. Temiryo‘l tarmog‘ining uzunligi 850 km bo‘lib, shundan 504 km masofa Ozarbayjon hududidan o‘tadi. Tarmoqning 263 kmlik qismi Gruziya hududidan, 79 kmlik qismi esa Turkiya hududidan o‘tishi ma’lum qilindi.


Kelajakda uning yuk o‘tkazish hajmi yiliga 17 mln tonnani tashkil etadi. Dastlabki davrlarda esa 1 mln yo‘lovchi va 6,5 mln tonna yukni tashish rejalashtirilgan. Qurilish ishlari 2016 yilning oxirida tugallanishi rejalashtirilgan edi, biroq endi qurilish 2017 yilning ikkinchi yarmida tugallanadi.

2007 yilda Tbilisida imzolangan kelishuvga asosan noyabr oyida Marabda punktida (Gruziya) loyihaga asos qo‘yilgan edi. 2008 yil iyul oyida esa Karsda (Turkiya) asosni qo‘yish marosimi o‘tkazilgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Yevropaga olib chiquvchi yangi temiryo‘l tarmog‘iga ega bo‘ldi