10:00 / 03.11.2017
5 582

Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi

Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi
Samarqandda 130 o‘rinli mehmonxona majmuasi barpo etiladi, deb xabar qildi Hordiq nashri.
Ushbu ob’ekt qurilishiga Turkiyaning «APEAS Engineering & Construction» kompaniyasi tomonidan 20 million dollar ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-26 oktyabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar natijasida ikki mamlakat orasida 26 ta muhim shartnomalar imzolandi. Savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.

Bundan tashqari, Turkiyaning «Ziraat» bankidan namunali uylar qurish uchun 200 million dollar kredit mablag‘lari jalb qilinadi.
Shuningdek, 30 oktyabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Samarqand — Istanbul — Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam havo qatnovi ilk bor amalga oshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turklar Samarqandda 20 million dollarlik mehmonxonani barpo etadi