17:15 / 03.11.2017
10 234

Chiroyli raqam uchun endi 777 AAA ga 300 mln. so‘m taklif qilindi

Chiroyli raqam uchun endi 777 AAA ga 300 mln. so‘m taklif qilindi
Bir qancha vaqtdan buyon chiroyli avtoraqamlar bilan bog‘liq yangiliklar e’lon qilinmay qo‘ygandi. Bunga sabab sifatida davlat avtomobil raqamlari uchun belgilangan narxlar hammaning ham cho‘ntagiga mos emas edi.

Endi raqamlar uchun raqobat yo‘q, raqobatlashmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn auksion bor. Kim ko‘p pul tiksa, raqam o‘shaniki!.

Kecha, 1 noyabr kuni O‘zbekiston tovar xomashyo birjasidagi onlayn savdolarda yana bir sensatsion yangilik kuzatildi. Bunda davlat avtomobil raqami uchun super narx taklif etildi. Bu narx esa 301 million 654 ming 338 so‘m ekani aniq bo‘ldi.

Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan 30 777 AAA raqami uchun belgilangan boshlang‘ich narx 15 millionga yaqin bo‘lsada, auksion so‘nggida bu miqdor qariyb 302 millionni tashkil etgani qayd etildi.

Avtomobil raqami uchun endi faqatgina to‘lovni to‘liq to‘lash va uni olib ketish qoldi.

Avvalroq, eng qimmat davlat raqami qariyb 100 millionga sotilgani va ushbu raqam yuridik shaxslar nomiga rasmiylashtiriladigan avtomobillar toifasiga kirishi haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir.uz ashri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroyli raqam uchun endi 777 AAA ga 300 mln. so‘m taklif qilindi