6 935
Allaqachon davlatdan chiqib ketgan odam uchun O‘zbekiston javobgar emas - AQSh kongresmenlari
Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat delegatsiya AQShning "Open World” dasturi doirasida Vashington shahriga tashrif buyurdi. Unda o‘zbekistonlik qonun ijodkorlari AQSh Kongressi va Senati a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz'ga deputat Rasul Qusherbayev ma’lum qilgan.
Uchrashuvlar davomida parlamentlararo munosabatlarni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashinuv bilan birga tinchlik va barqarorlikka putur yetkazuvchi omillarga qarshi hamjihatlikda kurash olib borish zarurligi qayd etilgan.
"AQSh senatori Rojer Viker, kongressmenlar Eliot Enjel, Frankis Runey, Jim Makgovern, Devid Prays, Richard Hadson muloqotlar davomida kuni kecha Nyu-York shahridagi terrorchilik harakatini, kelib chiqishi o‘zbekistonlik shaxs amalga oshirganini, afsus bilan qayd etish bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining ta’ziyasi va amerikaliklarga qilgan murojaatini yuksak baholadi”, deydi Rasul Qusherbayev.
Ushbu mudhish jinoyatning ildiziga yetib borish va qarshi kurashda O‘zbekistonning har doim ko‘makka tayyor ekanligi AQSh uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlangan. Buning uchun amerikalik qonun ijodkorlari o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
"Ularning fikricha birgina noqobil va allaqachon davlatdan chiqib ketgan odam uchun O‘zbekiston javobgar emas, bunday ishni har qanday boshqa shaxs ham qilishi mumkin edi. Uchrashuvlar davomida davlat va xalqlar aro o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish qatorida shuningdek, AQSh va O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhlarini tuzish masalalari ham muhokama etildi. AQSh kongressi vakillari O‘zbekistondagi islohotlarga xayrixoh ekanliklarini ma’lum qildilar”, deb qo‘shimcha qilgan deputat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi