Janubiy Koreyada o‘zbek mehnat muhojirlarining faoliyatini tartibga solish, ish kvotasi uchun belgilangan imtihonlarni sifatli va shaffof o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Kompleks test markazi (KTM) 13 noyabr kuni o‘z faoliyatini boshlashi ma’lum qilindi. Agentlik orqali chet elga chiqishni rejalashtirayotgan shaxslar uchun dastlabki test sinovlari endilikda mazkur markaz orqali amalga oshiradi. Bu haqda Agentlik mas’ul vakili bilan suhbatlashgan KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Sinov zamonaviy dasturiy ta’minot CBT – Computer Based Testing usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot bilan birgalikda talabgorning test sinovlari natijalarining ishonchliligini kafolatlaydi, keyinchalik Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha Agentlikka o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ilg‘or dasturiy ta’minot xavfsizlik tizimlari har qanday kompyuter hujumiga qarshi xavfsizlikni ta’minlaydi, bu ma’lumotlarning uzilish ehtimolini yo‘qotishga imkon beradi.
«Test sinovlari diplomli administratorlarning rahbarligi ostida maxsus jihozlangan kompyuter xonalarida amalga oshiriladi, bu imtihonning adolatli o‘tkazilishini ta’minlaydi», deb aytadi agentlik vakili Kun.uz muxbiri bilan kechgan suhbatda.
Malakaviy EPS-TOPIK sinovlarning saralash bosqichidan o‘tish tamoyili:
1. EPS-TOPIK sinovlariga saralanish uchun TMMMA-Koreya sinovlaridan oldindagi EPS-TOPIK sinovlariga o‘tish uchun saralangan va yakuniy sanadan avval e’lon qilingan nomzodlar qo‘yiladi. Bunda TMMMA-Koreya sinovidan o‘tgan kishi ko‘rsatilgan sanadan keyin EPS-TOPIK’ning keyingi sinov sessiyasiga saralanish uchun nomzodga aylanadi.
2. TMMMA-Koreya sinovlari natijalarining haqiqiylik muddati – sinovni topshirish sanasidan boshlab 8 oyni tashkil qiladi.
3. EPS-TOPIK sinovining kelgusi sessiyasiga saralanish ochiq tarzda, quyidagi jarayon orqali o‘tkaziladi:
– Agentlik EPS-Markaz (Koreya R.) bilan birgalikda, TMMMA-Koreya sinovini o‘tkazish uchun yakuniy sana va ruxsat berilgan ishtirokchilar sonini belgilaydi va EPS-TOPIK sinovining kelgusi sessiyasiga saralash uchun e’lon qiladi.
– Kompyuter TMMMA-Koreya testidan o‘tgan barcha shaxslarning baholarini real vaqt hisobida yakuniy sanagacha tahlil qiladi hamda joriy reytingni shakllantiradi. Natijalar real vaqt davomida test topshirgan har bir da’vogarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi va uning joriy joylashuvi asosida muntazam ravishda maksimal miqdorda yangilab turiladi.
– Yakuniy sanaga kelib, kompyuter EPS-TOPIK sinovining kelgusi sessiyasi uchun barcha shaxslar orasidan baholari haqiqiylik muddatiga ega bo‘lgan nomzodlarni tanlaydi. Har bir sinov ishtirokchisi TMMMA-Koreya sinovidan cheklanmagan tarzda o‘tishi mumkin, ammo oyiga 1 martadan oshmagan holda. Ya’ni, TMMMA-Koreya sinovini topshirgandan keyin talabgor baholardan qoniqmasa, u koreys tilini yanada chuqurroq o‘rganib, qaytadan TMMMA-Koreya sinovidan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Bunda talabgorning qo‘lga kiritgan eng yuqori ko‘rsatkichi hisobga olinadi.
Ishga talabgor www.ckt.uz sayti orqali test kuni haqida ma’lumot olishi, imtihon kunida joy va vaqtini band qilish mumkin. Sayt xavfsizlik yuzasidan faqat O‘zbekiston hududida faol ishlaydi.
Shuningdek, +99871 2023344; +99871 2023355; +99871 2023366; +99871 202 3388; +99871 202 3399 telefon raqamlari orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.
Belgilangan test kuni yaqinlashgach, talabgor pasport hujjati bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi 138-uy manzilida joylashgan Markazga kelishi so‘raladi. Markazda o‘tkaziladigan test xizmati uchun 87.500 so‘m to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.
Testga har qanday elektron qurilma, shpargalkalarni olib kirishga urinish imtihondan chetlashtirish bilan jazolanadi. Test materiallarida koreys tilida o‘qish va eshitish ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazuvchi 30 savol mavjud. Mazkur shart uchun talabgorga 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Agar imtihon ishtirokchisi javoblarni belgilangan muddatdan avvalroq belgilab, muvaffaqiyatli natijani qo‘lga kiritsa, uning imkoniyatlari kengayadi. Test natijasini talabgor Agentlik sayt platformasida ochilgan «shaxsiy kabinet»i orqali 10 kundan keyin tekshirib olishi mumkin.
Shuningdek, natijalardan qoniqmagan nomzodlar 20 kun ichida shikoyat arizasi bilan Markazga murojaat qilishi mumkin. Markazda topshirilgan test jarayonida erishilgan ballar ikki tizimli EPS-TOPIK sinovidan o‘tishga imkoniyat beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”