Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida noma’lum shaxslar tomonidan shu tumanda yashovchi eng yirik valyutafurushlardan biri, xalq orasida "Abdulla dollarchi" deya nom qozongan — Abdulla Orifjonovga hujum uyushtirildi.
Orifjonovdan xorijiy valyutada yirik summani tortib olgach, noma’lum shaxslar dollarfurushni olma bog‘iga tashlab ketishgan. Bu haqda "Podrobno" nashri xabar berdi.
Erkak tumandagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan. Uning sog‘lig‘i holati noma’lumligicha qolmoqda.
"Noma’lum shaxslar Abdulla dollarchiga pichoq bilan hujum qilib, uning pullarini tortib olishgan. Bir necha ming dollarini o‘g‘irlashgan, o‘zini esa olma bog‘iga tashlab ketishgan. Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. Orifjonovga pichoq bilan hujum qilgan shaxslar qidiruvda", — deb xabar qilgan huquqni muhofaza qilish xodimlaridan biri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Abdulla Orifjonov Pastdarg‘om tumanidagi eng boy odamlardan biri bo‘lgan.
Erkak bir nechta do‘konga ega bo‘lgan, shuningdek, u chet el valyutasi oldi-sotdisi bilan ham shug‘ullangan.
Qishloqdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, aynan shu sababli mahalliy aholi Orifjonovga "Abdulla dollarchi" deya laqab qo‘ygan.
"U faqat yirik summadagi valyutalarni almashtirgan. Aytishlaricha, noma’lum shaxslar unga pul tufayli hujum qilishgan. Abdulla o‘zi bilan hamisha 5-10 ming dollar olib yurgan", — deb aytgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqarolardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi